05 sen 09:21
Yangiliklar
Futbol

JCH-2026 saralash. Argentina, Braziliya va Urugvay bir xil hisobda g'alaba qozondi. Messida dubl
Janubiy Amerikada JCH-2026 saralash bahslarining 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Mintaqa etakchilarining barchasi bugungi bahslarda yirik hisobda g'alaba qozondi. Messining dubli hamda Lautaro Martinesning goli evaziga Argentina o'z maydonida Venesueladan ustun keldi. Ushbu g'alaba evaziga Argentina mintaqa g'olibi sifatida JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Argentina – Venesuela 3:0
Gollar: Messi 39, 80, Lautaro Martines 76
Urugvay – Peru 3:0
Gollar: Agirre 14, Arraskaeta 58, Vinyas 80
Kolumbiya – Boliviya 3:0
Gollar: Rodriges 31, Kordoba 74, Kintero 83
Paragvay – Ekvador 0:0
Braziliya - CHili 3:0
Gollar: Estevao 38, Paketa 72, Gimaraesh 78
Havola :
Fikrlar