So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

05 sen 17:46
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkentda Skvosh va Padel federaciyasi tantanali ravishda ochildi

Teglar :  Padel tennisi
30 avgust kuni poytaxtimizda O'zbekiston skvosh va padel federaciyasining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir “Ekopark” bog'ining hududida tashkil etildi. Federaciya raisi etib Jahongir Ergashboevich Navro'zov, Bosh kotib lavozimiga esa Kamoliddin SHavkatovich Ergashev tayinlandi.

Marosimda Jahongir Navro'zov so'zga chiqib, so'nggi yillarda dunyoda katta masshtabda ommalashgan skvosh va padel tarixi haqida malumot berdi hamda ushbu sport turlarining mamlakatimizdagi rivojlanish istiqbollari bo'yicha rejalar bilan o'rtoqlashdi. Hozirgi kunda Toshkent shahrida 5 ta skvosh va 20 ta padel korti mavjud.

Malumki, skvosh 2024 yildan Olimpiya sport turi maqomiga ega bo'ldi va 2028 yil yozgi Los-Anjeles Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritildi. Padel esa so'nggi o'n yilda dunyoda eng tez rivojlanayotgan sport turi sifatida tan olingan va butun Er yuzida millionlab muxlislarga ega.

Ochilish marosimida mamlakatimiz sportining rasmiy vakillari ishtirok etdilar:

IKRAMOV Adham Ilhamovich – O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri

UMAROV Otbek Muhammadalievich – O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti

KASIMOV Oybek Omilovich – O'zbekiston MOQ Bosh kotibi

HOSHIM Hasan Hamza – Qatarning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi

MARINESKU Vlad – Xalqaro kibersport federaciyasining sobiq prezidenti.

Marosimning yakuniy qismida “Ekopark” hududida barpo etilgan yangi padel kortlari tantanali foydalanishga topshirildi. SHuningdek, ishtirokchilar Toshkentda bo'lib o'tayotgan 5-Xalqaro skvosh musobaqasi — Independence Day Open 2025 turnirining hal qiluvchi uchrashuvlarini tomosha qilishdi. Mazkur musobaqa ilk bor O'zbekiston skvosh va padel federaciyasi ko'magida o'tkazildi.


Bu yilgi turnirning asosiy yangiligi – uning professional darajaga ko'tarilgani bo'ldi. IDO 2025 ilk bor O'zbekistonda Professional skvosh Associaciyasi (PSA) doirasida tashkil etildi. Musobaqada ishtirok etish uchun 9 mamlakatdan (Pokiston, O'zbekiston, Rossiya, Quvayt, Eron, Qatar, Gonkong, Misr va Qozog'iston) 24 nafar sportchi ro'yxatdan o'tdi.

Uch kunlik keskin bahslar yakuniga ko'ra, g'oliblikni Pokiston vakili, PSA reytingida 237-o'rinda turgan, ilgari dunyoda 41-pog'onagacha ko'tarilgan Tayob Aslam qo'lga kiritdi. U finalda eronlik Sepehr Etemadpurni mag'lub etdi. Etemadpur musobaqa oldidan jahon reytingining 474-pog'onasida edi.

Malumot uchun, PSA turniri – dunyodagi eng nufuzli professional skvosh musobaqalaridan biri bo'lib, u Professional Skvosh Associaciyasi tomonidan tashkil qilinadi va mingdan ortiq sportchilarni birlashtiradi.

O'zbekistonda skvosh va padel federaciyasining tashkil etilishi mamlakatimizda bu ikki ommalashayotgan sport turlarini rivojlantirish va ularni keng targ'ib qilish yo'lida muhim qadam hisoblanadi. Garchi ushbu sport turlari yurtimizga yaqinda kirib kelgan bo'lsa-da, ular allaqachon minglab hamyurtlarimiz qalbini zabt etdi va tez orada mahalliy sportchilarimizdan xalqaro musobaqalarda yuksak natijalar kutishga zamin yaratadi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing