12 okt 17:24
Yangiliklar
Stol tennisi
Toshkentda ilk bor stol tennisi bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi
19-25 oktyabr kunlari Toshkentdagi "Olimpiya shaharchasi" stol tennisi bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Mazkur qita birinchiligi O'zbekistonda ilk bor o'tkazilmoqda.
Musobaqada 33 mamlakatdan 255 nafar sportchi ishtirok etadi. Bellashuvlar yakkalik, juftlik, aralash juftlik hamda jamoaviy dasturlarda tashkil qilinadi.
Jamoaviy bahslarda kelasi yili Qozog'istonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmalar ham o'ynaladi.
Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasining 10 nafar sportchisi qatnashadi. Hamyurtlarimiz 12 oktyabrdan KXDR va Qirg'iziston terma jamoalari bilan musobaqa oldidan so'nggi tayyorgarlik yig'inini boshlaydi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar