So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

18 apr 20:02
Yangiliklar

Kurash

Kurash: “Prokuror kubogi” yoshlar uchun katta sport darvozasini ochib bermoqda

Toshkent shahar prokurori qarori bilan mart-may oylari poytaxtdagi 12 ta tumanda milliy sportimiz kurash bo'yicha “Prokuror kubogi” musobaqalarini o'tkazish rejasi ishlab chiqilgan edi.

Rejaga asosan shu kungacha Sergeli, Yunusobod, SHayxontohur va Olmazor tumanlarida turli yosh toifasida “Prokuror kubogi” bellashuvlari o'tkazildi. 

Bektemir tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi sport majmuasida o'tkazilgan “Prokuror kubogi” musobaqasi esa boshlangan xayrli ishlarning davomi bo'ldi.

Bu galgi Prokuror kubogi” musobaqasida 2010-2011 yilda to'g'ilgan yoshlar o'z vaznlarida g'oliblik uchun kurash olib borishdi. 7 ta vazn toifasidagi bellashuvlarda 70 nafardan oshiq yoshlar ishtirok etishdi. Murosasiz bahslarda ayniqsa Yashnobod, Olmazor, Uchtepa, Yakkasaroy va albatta bektemirlik o'smirlar sovrinli o'rinlarni egallashdi. Bu so'zsiz ushbu tumanlarda faoliyat ko'rsatayotgan kurash murabbiylari o'z faoliyatiga sidqidildan yondoshayotganligini ko'rsatmoqda.

-Bugungacha 5 ta tumanda “Prokuror kubogi” musobaqalari tashkil etilgan bo'lsa, hali oldinda yana 7 ta tumanda shunday kurash turnirlarini o'tkazish vazifasi turibdi. Albatta, bitta tadbirni tashkil qilish uchun aslida oylab tayyorgarlik ko'riladi. Bizda esa rejaga asosan hozirgi paytda har xafta kurash tadbiri. Musobaqalarni tashkil etishda tuman prokuraturasi xodimlari, hokimlik vakillari, Bolalar-o'simrlar sport maktabi xodimlari, qo'yingki keng jamoatchilik  har  tomonlama yordam ko'rsatmoqda. Musobaqalar jarayonida Toshkent shahrida milliy sportimizni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ishlar mundarijasi, sohadagi kamchilik va mavjud muammolar ko'zga tashlanmoqda. Bu esa kelgusi ishlarimizni tashkil etishda, Toshkent shahar kurash federaciyasi faolitini yanada jonlantirishda muhim dasturilamal bo'lmoqda, - deydi Toshkent shahar prokuraturasi xodimi B. Abdullaev. 

- Ushbu musobaqa doirasida turli ommaviy sport o'yinlari tashkil etildi. Ayniqsa, mehnat jamoalari uchun ertalabki gimnastika mashqlari ko'pchilikning kayfiyatini ko'tardi. “Prokuror kubogi” musobaqalarining aynan 10-11 yoshli yosh kurashchilar o'rtasida o'tkazilganligi esa milliy sportimizning yoshlar o'ratsida ommalashishiga xizmat qildi. Rosti, kurashdagi xalollik, usullarni chiroyli qo'llash aynan yosh bolalarda yanada yorqinroq ko'rinib turadi. Ota-onalarning quvonchi, hayajoni bir taraf bo'ldi. SHuning uchun ham bu galgi bellashuvlar hammasidan ham zavqli o'tdi, - deydi Bektemir tuman 1-BO'SM direktori Ilhom Yusupov 

70 nafar yoshlarning ko'pchiligi uchun bugungi kurash musobaqalari ilk sport musobaqasi bo'lganligi bilan ahmiyatli bo'ldi. Qaysidir manoda “Prokuror kubogi” ular uchun katta sport darvozasini ochib berdi, deyish mumkin.   

Qiziqarli bellashuvlarda g'olib va sovrindor bo'lgan yoshlar, musobaqalarning adolatli o'tishiga munosib xizmat qilgan hakamlar Bektemir tuman prokuraturasi va xomiylar tomonidan tasis etilgan diplom, medal va qimmatbaho sog'alar bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing