28 iyu 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Jahon kubogida qatnashish uchun Astanaga etib bordi, tarkibimiz malum
Boks bo'yicha ayollar terma jamoamiz vakillari World Boxing tashkiloti kubogida ishtirok etadi.
28 iyundan 7 iyulga qadar, Qozog'istonning Astana shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining navbatdagi bosqich janglariga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada bu safar ayollar terma jamoamiz ishtirok etadilar. Bugun Elshod Rasulov boshchiligida vakillarimiz Astanaga etib bordi.
Tarkibimiz bilan tanishing:
-48 kg. Farzona Fozilova
-51 kg. Sabina Boboqulova
-54 kg. Feruza Kazakova
-57 kg. Xumora Mamajonova
-60 kg. Sitora Turdibekova
-65 kg. Navbahor Hamidova
-75 kg. Aziza Zokirova
-80 kg. Sohiba Ro'zmetova
+80 kg. Oltinoy Sotimboeva
Murabbiylar: Elshod Rasulov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tadjibaev, Istam Kabinov.
SHifokor: Komiljon Rasulov.
Havola :
Manba : Boxing Uzbekistan
Fikrlar