So’nggi yangiliklar

10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0 09:48Жаҳон кубоги. Илк кунни битта ғалаба ва битта мағлубият билан бошладик, бугун яна уч ҳамюртимиз рингга чиқади 0 09:27Сув спорт турлари бўйича Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ бўлди 0 09:06Авлиёхон Ҳамидов Тошкентда жанг қилади, рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 08:45Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди 0 19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0

20 apr 08:07
Yangiliklar

Tadbirlar

Markaziy kengash raisi Xorazmda tizim faoliyati bilan tanishdi

Teglar :  XorazmVatanparvar
O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori aholining turli qatlami, xususan, yoshlarni sportning texnik va amaliy turlariga kengroq jalb etish, buning barobarida, ularni manaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida dasturilamal vazifasini o'tayotir.            

O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov Xorazm viloyatiga xizmat safari chog'ida mazkur qaror ijrosining bajarilishi, uni hayotga tadbiq etish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Markaziy kengash raisi uch kun mobaynida viloyat kengashi raisi Davronbek Ibragimov, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov hamrohligida tizim tasarrufidagi barcha tashkilotlar va o'quv sport texnika klublarining faoliyatini atroflicha o'rganib chiqdi. Buning barobarida, yosh sportchilar, ularning trenerlari bilan uchrashib, kelgusi rejalari, maqsad va istaklari bilan qiziqdi. Mazkur tashkilotlar tomonidan ommaviy kasb egalarini tayyorlash jarayoniga ham etibor qaratdi.

SHuningdek, H.Botirov soha mutassaddilari ishtirokida uyushtirilgan yig'ilishda qatnashib, o'rganishlar chog'ida duch kelingan bazi kamchiliklar haqida so'z yuritdi va ularni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar, jumladan, joylardagi tashkilotlarning infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash,  sekciyalarni malakali trenerlar bilan taminlash, sport inshootlaridan samarali va unumli foydalanish, mashg'ulotlar jarayonini zamonaviy talablar darajasida tashkil etishni vaqt taqozo etayotganini alohida takidlab, bu borada o'zining foydali taklif va maslahatlarini bildirdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing