29 may 13:11
Yangiliklar
Regbi

Xorazm viloyat jamoasi regbi bo'yicha O'zbekiston chempioni!
Poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan sport maktabi stadionida o'smirlar (U19) o'rtasida sportning regbi turi bo'yicha mamlakat chempionati bo'lib o'tdi.
Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kelgan — 12 ta o'g'il bolalar va 5 ta qizlar jamoasi g'oliblik uchun bahs olib bordi. Yakunda har ikki yo'nalishda ham Xorazm viloyati jamoasi O'zbekiston chempioni bo'ldi.
G'olib va sovrindorlar:
Erkaklar jamoalari
1. Xorazm viloyati jamoasi,
2. Toshkent shahar jamoasi,
3. Namangan viloyat jamoasi,
Ayollar jamoalari
1. Xorazm viloyati jamoasi,
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi,
3. O'zbekiston Milliy universiteti jamoasi
G'olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqirlandi.
Havola :
Fikrlar