So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

17 apr 22:09
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi + FOTO

Teglar :  Og'ir atletika
Xabaringiz bor, poytaxtimiz 17 - 25 aprel kunlari og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bugun Yunusoboddagi "O'zbekiston" sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi bosh kotibi Muhammad Jalud, O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov so'zga chiqdi.

"O'zbekistonga tashrif buyurganimdan juda xursandman. Ochilish marosimiga tayyorgarlik ajoyib darajada ekanligini ko'rib turibman. O'ylaymanki, butun musobaqa shu yo'sinda davom etadi. O'zbekiston og'ir atletika maydonida etakchilardan biri. Yurtingizda sportning bu turiga bo'lgan etibor va uning jadal suratlarda rivojlanayotganini takidlamay iloj yo'q. 

Osiyo chempionatiga tashrif buyurgan barcha sportchilarga omad va yuqori natijalar qayd etishni tilab qolaman" - dedi  Xalqaro og'ir atletika federaciyasi bosh kotibi Muhammad Jalud.


"Yurtimiz yil boshidan buyon bir necha nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Jumladan, poytaxtimizda dzyudo bo'yicha "Katta Dubulga" turniri, proffesional boks oqshomi, engil atletika boyicha 3-Toshkent xalqaro marafoni yuqori saviyada tashkil etildi. Kuni kecha Toshkentda yana bir nufuzli musobaqa, badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi start oldi. Bugun mana barchamiz og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatining ochilish marosimida ko'rishib turibmiz. Mazkur masuliyatli musobaqada barcha sportchilarimizga omad, kuch va zafarlar tilab qolaman" - dedi MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov.

  

Rustam SHoabdurahmonov Osiyo chempionatini rasman ochiq deb elon qilganidan keyin mamlakatimiz madhiyasi yangradi va tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Uni O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi harbiy orkestr boshlab berdi. Badiiy jamoalarning yosh raqqoslari ishtirokidagi chiqishlar bilan tadbir ko'tarinki ruhda davom etdi. 

Kechaning badiiy qismi yakunlanganidan so'ng, bugungi kunga belgilangan vazndagi bellashuvlar start oldi. Reglamentga ko'ra, bugun ayollar o'rtasida -49 kg vazn toifasida Osiyo chempionatining ilk g'olib va sovrindorlari aniqlab olindi. O'zbek sportchilarining musobaqadagi ishtiroki ertaga boshlanadi.

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing