29 iyu 16:21
Yangiliklar
Futbol

Emiliano Martines "CHelsi" yoki "Atletiko"ga o'tishi mumkin
"Aston Villa" posboni Emiliano Martines "CHelsi" va "Atletiko" qiziqishlari doirasida.
"CHelsi"dagilar uning asosiy darvozabon bo'lishini istashmoqda. Villi Kabalero "CHelsi" murabbiylar shtabiga kiradi va shu sababdan Emiliano asosiy tarkib uchun hozirda eng zo'r variant sifatida ko'rilmoqda.
Lekin baribir "Manchester Yunayted" 32 yoshli darvozabon uchun asosiy favorit bo'lib turibdi. "Atletiko" esa Yan Oblak jamoani tark etadigan bo'lsa, argentinalikka etibor qaratadi.
Emilianoning "Aston Villa"dan ketishi ehtimoli juda katta. Futbolchining o'zi esa Angliyada qolishni istayapti.
O'tgan mavsumda Emiliano APLning 37 o'yinida qatnashdi va shularning 9tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar