So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

09 apr 23:00
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek bokschilari "Golden Belt" xalqaro turnirida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

Teglar :  Golden Belt
Ruminiyada boks bo'yicha xalqaro "Golden Belt" turniri o'z nihoyasiga etdi.

Bugun musobaqaning final bellashuvlari o'tkazildi.

-48 kg vazn toifasida Asilbek Jalilov ukrainalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Oltin! 

-54 kg vaznli SHaxzod Muzaffarov gruziyalik raqibidan ustun keldi. Ikkinchi oltin!

-67 kg vazn toifasida Javlonbek Yo'ldoshevning gruziyalik raqibi Guruli Lasha ringga chiqmadi. Bokschimiz avtomatik tarzda g'alaba qozondi. Uchinchi oltin!

-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev - Saidjamshid Jaffarov jangida Saidjamshid g'alaba qozondi! To'rtinchi oltin va birinchi kumush!

-80 kg: Dilshodbek Ro'zmetov - Odiljon Aslonov. Aslonovda kichik jarohat borligi sabab ringga chiqmadi. Ro'zmetovda oltin. Aslonovda kumush!

-92 kg: Diyorbek O'ralov gruziyalik Giorgi Tchigladzega yutqazib qo'ydi. Kumush! 

+92 kg: Lazizbek Mullojonov Jahongir Zokirovni mag'lubiyatga uchratdi! Bizda oltinchi oltin va to'rtinchi kumush.

Kecha yarim final yakunlariga ko'ra, uch nafar bokschimiz - Dilshod Abdumurodov (-57 kg), SHunqor Abdurasulov (-60 kg) va SHohruxbek Kenjaev (-63,5 kg) bronza medalini qo'lga kiritgandi.


SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi bokschilari musobaqada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi. 

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilar sovrindor bo'ldi:  

Oltin: 

-48 kg: Asilbek Jalilov

-54 kg: SHahzod Muzaffarov 

-67 kg: Javlon Yuldashev

-75 kg: Saidjamshid Jafarov 

-80 kg: Dilshod Ro'zmetov 

+92 kg: Lazizbek Mullojonov 


Kumush: 

-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev 

-80 kg: Odiljon Aslonov 

-92 kg: Diyor O'ralov 

+92 kg: Jahongir Zokirov


Bronza: 

-57 kg: Dilshod Abdumurodov 

-60 kg: SHunqor Abdurasulov

-63,5 kg: SHoxruxbek Kenjaev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing