12 mar 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Ruslan Abdullaev boks olamidagi nufuzli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan o'zbekistonlik Jahon chempioni Ruslan Abdullaev Oskar De La Xoyya boshchiligidagi Golden Boy promouterlik kompaniyasi azosiga aylandi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
22 yoshli Ruslan prof karerasi davomida hozircha bitta jang o'tkazib, g'alabaga erishgan. U 7 mart kuni Indio shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomi doirasida Xose Valensuela Alvaradoni nokautga uchratgan edi.
Golden Boy bilan Abdullaevdan tashqari yana bir o'zbekistonlik bokschi — Bektemir Meliqo'ziev ham hamrohlik qiladi. SHunday ekan, mazkur nufuzli promouterlik kompaniyasidagi o'zbekistonlik mijozlar ikki nafarga etdi.
Havola :
Manba : instagram.com/goldenboy
Fikrlar