So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

22 iyu 12:03
Yangiliklar

Futbol

"Real" va yana bir qator jamoalar klublar o'rtasidagi JCH har 2 yilda o'tkazilishini xohlashmoqda, FIFA esa...

"Real" va boshqa jamoalar klublar o'rtasidagi jahon chempionatini 2 yilda bir marta o'tkazishni taklif qildi.

ESPN xabariga ko'ra, turnirni tez-tez o'tkazishni Evropa va Janubiy Amerikaning daromadlarini oshirishga qiziqqan bir qator klublar qo'llab-quvvatlamoqda. Islohot bo'yicha rasmiy so'rov hozircha kelib tushmagan, ammo bir necha top-klublar rahbarlari FIFA vakillari bilan bunday imkoniyatni muhokama qilgan.

Xabarlarga ko'ra, FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati natijalaridan mamnun, lekin hozirda turnirni tez-tez o'tkazishni "amalga oshirib bo'lmaydi" deb hisoblaydi. Yakunlangan musobaqa natijalariga ko'ra, ishtirokchi klublar o'rtasida 1 milliard dollar taqsimlandi va FIFA bu miqdordagi summani har ikki yilda yig'ish imkonsiz deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, FIFA klublar jahon chempionatini ikki yilda bir marta o'tkazish UEFA bilan nizoga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi, bu esa tashkilot manfaatlariga ziddir. Jahon futbolini boshqaruvchi organ mavjud futbol taqvimining murakkabligini ham qayd etmoqda.

Hozirda FIFA keyingi klublar JCH 2029 yilda o'tishiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Turnirni o'tkazish uchun potencial davogarlardan biri sifatida Qatar ko'rib chiqilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing