06 avg 19:33
Yangiliklar

Figurali uchish bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi, unda rossiyalik atletlar ham ishtirok etyapti
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borayotgan ushbu chempionat dasturiga ko'ra, sportchilar bugun qisqa dasturdagi chiqishlarini namoyish etishyapti.
Ertaga esa belgilangan erkin dasturdan so'ng barcha yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Rossiyaning Figurexing Telegram kanali yozishicha, musobaqada Boris Tatarov, Elizaveta Grashenkova (ikkisi yoshlar dasturida) hamda Ivan Popov (kattalar o'rtasida) kabi rus figurali uchuvchilari ham ishtirok etishyapti. Bu sportchilar O'zbekiston chempionatida musobaqadan tashqari ro'yxatga olingani aytilgan.
Avvalroq, Irina Smirnova qo'l ostida shug'ullanuvchi 20 yashar Ivan Popovning O'zbekiston safiga o'tish niyatida ekani, biroq Rossiya figurali uchish federaciyasi Ijroiya qo'mitasi bu o'tishga ruxsat bermagani haqida yozgandik.
Fikrlar