So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

11 apr 08:02
Yangiliklar

Kurash

SHayxontohur prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ

Toshkent shahar prokurori, shahar kurash federaciyasi raisi Ulug'bek Qosimov tashabbusi bilan har bir tumanda bolalar, o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida Prokuror sovrini uchun turnirlar o'tkazish ananaga aylangan.

Kuni kecha navbatdagi murosasiz bahslar “Jar” sport majmuasida SHayxontohur tumani prokurori sovrini uchun bo'lib o'tdi. Unda 2012-2013 yillarda tug'ilgan bolalar (27 kg, +33 kg), 2008-2009 yillarda tavallud topgan o'smirlar (50 kg), kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda erkaklar 66 kg, 73 kg, 81 kg, +81 kg, ayollar 70 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Ikki yuz nafardan ziyod polvon ishtirok etgan turnir kurash muxlislariga chinakam sport bayrami shukuhini tuhfa qildi.

O'z vazn toifalarida Elbek Abdukarimov (27 kg), Sahobiddin Rustamov (+33 kg), Otabek Yo'ldoshboev (50 kg), Dilshod Yo'ldoshev (66 kg), Dilshod Bo'riev (73 kg), G'iyos Boboev (81 kg), Suhrob Tursunov (+81 kg), Muxlisa Qodirberganova (70 kg)lar tengsiz deb topildilar.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar. Kuchlilarga diplom, medal hamda qimmatbaho sovg'alarni Toshkent shahar prokurori o'rinbosari Elbek Inomjonov, SHayxontohur tumani prokurori Sanjar Mavlonov, Xalqaro kurash instituti prorektori Muzaffar Yusupovlar tantanali topshirdilar.

Ana shunday nufuzli musobaqalarga CHilonzor, Sergeli, Yashnobod tumanlari mezbonlik qilgandi. Navbatdagi musobaqa rejaga ko'ra, Yangihayot tumani prokurori sovrini uchun o'tkaziladi.

SHayxontohur tumani prokurori sovrini uchun o'tkazilgan turnirning barcha g'olib va svorindorlari bilan tanishing:

2012-2013 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida

27 kg 

1. Abdukarimov Elbek;

2. Toshturdiev Ramiz;

3. Raxmattoshev Sunnat;

3. Safarov SHahriyor.


+ 33 kg 

1. Rustamov Saxobiddin;

2. Kodirov Jahongir; 

3. Xolmirzaev Muhammaddiyor; 

3. Mirsodiqov Bilol.


2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida

50 kg 

1. Yo'ldoshboev Otabek; 

2. SHavkatov Ovul;

3. Ahmedov Oybek;

3. Xudoyqulov Quvondiq.

Kattalar o'rtasida 

66 kg 

1. Yo'ldoshev Dilshod; 

2. Jabborov Abror;

3. Ahmedov Qobil; 

3. CHo'tboev Yigitali.


73 kg 

1. Bo'riev Dilshod; 

2. CHorshanbiev Ogabek;

3. Berdishukurov Sardor;

3. Safarov Javohir.


81 kg 

1. Boboev G'iyos;

2. Bozorov Kamron; 

3. Ziyodullaev Ahror;

3. Avazmurodov Aziz.


+ 81 kg 

1. Tursunov Suhrob;

2. Xudoyqulov Javohir; 

3. Xurramov Sardor; 

3. Sayfutdinov SHahzod.

Ayollar

70 kg 

1. Qodirberganova Muxlisa;

2. Adasheva Ravzaxon; 

3. Bozorova SHaxnoza; 

3. Toshpo'latova Parvona.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing