07 avg 11:36
Yangiliklar
Sport kurashlari

Artur Taymazov: "O'zbek xalqi bilan uchrashtirgani uchun taqdirimdan minnatdorman"
Erkin kurash bo'yicha O'zbekistonga Olimpiadaning 4 ta medalini olib bergan Artur Taymazov mamlakatimiz haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Aslida, meni o'zbek xalqi bilan uchrashtirgani uchun taqdirimdan minnatdorman. Bu juda buyuk va jasur xalq. Bu mamlakatni juda qattiq yaxshi ko'raman. O'zbekiston mening ikkinchi vatanim. Eng qizig'i va yoqimlisi, Moskvada yashayotgan paytimda o'zbeklarni ko'rib qolsam, ularning hammasi meni taniydi va xursand bo'ladi. Bu men uchun juda yoqimli. Bu buyuk mamlakat va xalqqa katta minnatdorchilik bildiraman", deydi Taymazov.
Eslatib o'tamiz, Artur Taymazovning 2008 va 2012 yillarda qo'lga kiritgan Olimpiada oltin medallari keyinchalik erkin kurashchida doping aniqlangani bois bekor qilingan edi.
Havola :
Manba : youtube.com/Main Event Podcast
Fikrlar