So’nggi yangiliklar

18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0

14 iyu 06:17
Yangiliklar

Boshqalar

SHerzod Tashmatov Surxondaryo viloyatidagi sport dargohlarining faoliyatini o'rgandi + FOTO

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 may kuni o'tkazgan videoselektor yig'ilishida bergan topshiriqlari, shuningdek, 6 iyundagi jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid imzolagan 3 ta yangi Qarori asosida olib borilayotgan o'rganish ishlari davom etmoqda.

Bu safar MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov hamda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti rahbari Ilhomjon Tursunalievdan iborat ishchi guruh Termiz shahrida bo'ldi.

Termiz Olimpiya zaxiralari kollejida o'tgan uchrashuvda viloyatdagi soha mutaxassislari bilan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ochiq muloqot tarzida o'tgan suhbat davomida sohadagi muammolar o'rtaga tashlanib, ularning echimi, kelib chiqish sabablari chuqur o'rganildi. Har bir viloyatda bo'lgani kabi iqtidorli yoshlarni selekciya qilish bo'yicha taekvondo va dzyudo sporti misolida ishlab chiqilgan yangi tizim taqdimoti o'tkazildi. 

Qayd etish joiz, yig'ilishda qatnashgan taniqli dzyudochi, Tokio-2020 ishtirokchisi va JCH sovrindori, hozirda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanayotgan SHarofiddin Lutfullaev mazkur loyihani qo'llab-quvvatladi.

Tashrif davomida mutasaddilar viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi va dzyudo federaciyasi mutasaddilarining hamrohligida bir qator sport maktablari, xususan, Termiz OZK faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. SHerzod Tashmatov maskanlardagi oshxonalar faoliyatiga ham ahamiyat qaratdi. Yosh sportchilar uchun tayyorlanayotgan ovqatlar racioni, haftalik menyular bilan yaqindan tanishib, uning tarkibini yanada faol ozuqaviy moddalar bilan boyitish bo'yicha qo'shimcha tavsiyalar berdi.

Ishchi guruh safar doirasida Termizdagi sport maskanlari va kollej faoliyatini o'rganibgina qolmay, Boysun tumanida ham bo'ldilar. U erdagi sport maktablarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, samaradorlikni yanada oshirish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Prezident qaroriga ko'ra, endilikda Olimpiya zaxiralari kollejlari negizida Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyat olib boradi. Tashrif yakuni bo'yicha SHerzod Tashmatov va Ilhomjon Tursunaliev sport turlari imkoniyatidan kelib chiqqan holda talim muassasalarining faoliyati, ayniqsa, kollej qabuli uchun kvotalarni qayta ko'rib chiqish bo'yicha o'zlari uchun zarur malumotlarni belgilab olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing