So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

19 avg 08:47
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin kurashchimiz SHerzod Poyonov jahon chempionati finalida, Rustambekov bronza uchun kurashadi

Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar (U-20) o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Dunyo birinchiligining erkin kurash bo'yicha ikkinchi kungi bahslarida terma jamoamizning ikki nafar vakili medallar yo'lida kurashga kirishdi. Ikki karra Osiyo chempioni SHerzod Poyonov uchun kun omadli yakunlandi. 92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan kurashchimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Poyonov ilk davrada greciyalik Grigorios Saridisni 12-1, 1/8 finalda yaponiyalik Sorato Kanazavani 16-6, 1/4 finalda kanadalik Singh Grevalni 10-3, 1/2 finalda esa rossiyalik Gadjimurad Gadjibatirovni 4-1 (tushe) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun u jahon chempionligi uchun qozog'istonlik Kamil Kuruglievga qarshi gilamga chiqadi. Bu ikki qardosh kurashchi o'tgan yilgi Osiyo chempionati finalida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Poyonov raqibini 4-2 hiobida dog'da qoldirgandi. Medallar uchun final blok bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.  

-65 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Sanjarbek Rustambekovda ham jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritish imkoniyati bor. U o'tish bosqichida armanistonlik Arman Musikyanga qarshi bahs olib boradi. Rustambekov kecha 1/4 finalda Reyji Uchidaga yutqazib qo'ygandi. Yaponiyalik kurashchi finalga yo'l olgani bois, Sanjarbekda bronza uchun imkoniyat yuzaga keldi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing