19 avg 21:53
Yangiliklar

Erkin kurashchimiz SHerzod Poyonov jahon chempioni!
Hozirina dunyo birinchiligining erkin kurash bo'yicha uchinchi kungi final bahslari doirasida terma jamoamiz azosi, ikki karra Osiyo chempioni SHerzod Poyonov jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi. 92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan kurashchimiz jahon chempionligi uchun qozog'istonlik Kamil Kuruglievga qarshi gilamga chiqdi va murosasiz bellashuvda 3-2 hisobida g'alaba qozondi.
Etiborlisi, bu ikki qardosh kurashchi o'tgan yilgi Tailandda o'tgan Osiyo chempionatining finalida ham o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Poyonov raqibini 4-2 hiobida dog'da qoldirgandi. Polvonimiz jahon chempionatining ilk davrasida greciyalik Grigorios Saridisni 12-1, 1/8 finalda yaponiyalik Sorato Kanazavani 16-6, 1/4 finalda kanadalik Singh Grevalni 10-3, 1/2 finalda esa rossiyalik Gadjimurad Gadjibatirovni 4-1 (tushe) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar