So’nggi yangiliklar

07:48Каратэчиларимизнинг Жаҳон чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 07:27UFC раҳбарияти Царукянга жанг муддати ва рақибларини маълум қилди 0 18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0

20 iyu 18:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Sportni rivojlantirish vaziri o'zbek boksida ish boshlagan kubalik mutaxassis bilan uchrashdi

Bugun, O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Kuba davlatidan kelgan boks bo'yicha xalqaro darajadagi murabbiy, professor Karlos Ivan Fuentos Vilanueva bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida sportning boks turi bo'yicha Kuba tajribasidan foydalangan holda mahalliy sportchilar mahoratini oshirish, sport murabbiylarining tajribasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan xalqaro murabbiy tomonidan Respublikada faoliyat yuritayotgan boks maktablarini o'rganish, mashg'ulotlarda ishtirok etish istagi borligini malum qildi.


SHu o'rinda Kuba boksi haqida. Kuba boksi havaskor boks olamida etakchilardan biri hisoblanadi. O'n to'rtta Olimpiada o'yinlarida kubalik bokschilar 41 ta medalni qo'lga kiritishgan bo'lib, shundan: oltin — 23 ta; kumush — 13 ta; bronza – 5 tani tashkil qiladi. Bu Olimpiadaning yuz yillik tarixida medal sohiblari va Olimpiya o'yinlari sovrindorlariga ega bo'lgan 61 davlat orasida beshinchi ko'rsatkichdir. Oltin medallar soni bo'yicha kubalik bokschilar dunyoda ikkinchi o'rinni egallashgan.

SHuningdek, uchrashuv davomida, viloyatlardagi sport maktablarida sportning boks turi bilan shug'ullanib kelayotgan sportchilarning ham jismonan, ham ruhan tayyorgarliklarini oshirishda xorijiy tajriba muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi. Xalqaro darajadagi murabbiy, professor Karlos Ivan Fuentos Vilanueva yaqin kunlarda Qashqadaryo viloyatiga borishi va sport maktablarini ko'zdan kechirishni rejalashtirganini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing