19 avg 10:11
Yangiliklar

Alkaras - finali 23 daqiqa davom etgan "Masters" turniri chempioni!
ATP reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan ispaniyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqdi. Bahs kutilmaganda birinchi setning beshinchi geymidan keyin to'xtatildi. Sinner o'zini yomon his qilishi natijasida uchrashuvda davom ettira olmadi. Bu paytga kelib Karlos 5:0 hisobida oldinda borayotgandi.
Tennischilar kortda bor yo'g'i 23 daqiqa harakat qilishgan. Ikki raketka ustasining o'zaro uchrashuvlarida Alkaras katta ustunlik bilan oldinda bormoqda - 10:5. Bu 22 yoshli Karlos Alkaras uchun ATP turnirlaridagi 22-sovrin bo'ldi. Sovrinlardan 8 tasi "Masters" turnirlarida qo'lga kiritilgan.
ATP Masters 1000 turnirining mukofot jamg'armasi 9 million 193 ming 540 AQSH dollarini tashkil etdi. CHempion Karlos Alkaras 1 million 124 ming 380, finalchi Yannik Sinner esa 597 ming 890 dollarga ega bo'ldi. Ispaniyalik tennischi so'nggi 7 ta o'zaro uchrashuvlarning 6 tasida Yannikni mag'lub etgan.
SHuningdek, u Sinnerning xard kortlardagi 26 ta uchrashuvdan iborat g'alabali seriyasiga ham barham berdi. Italiyalik oxirgi mag'lubiyatini o'tgan yilning oktyabr oyida Pekin turnirining finalida aynan Karlosdan qabul qilib olgan edi.
Fikrlar