18 avg 17:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Kuba boks terma jamoasi World Boxing o'tkazadigan ilk Jahon chempionati uchun tarkibini elon qildi
4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida World Boxing Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Musobaqada ishtirok etuvchi Kuba terma jamoasi o'z tarkibini ommaga elon qildi. Undan Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi Erislandi Alvares, ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Xulio Sezar La Krus kabi taniqli charm qo'lqop ustalari o'rin oldi. Kuba o'zbekistonlik bokschilarning asosiy raqibi hisoblanadi.
Qizig'i, bir necha yildan beri O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida kubalik mutaxassislar ishlab kelyapti.
Kuba terma jamoasi tarkibi:
50 kg - Alexandro Klaro
55 kg - Rolando Martines
60 kg - Luis Vinent
65 kg - Erislandi Alvares
70 kg - Xorxe Kuelyar
80 kg - Xorxe Soto
90 kg - Nelson Uilyams
+90 kg - Xulio Sezar La Krus.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar