So’nggi yangiliklar

17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:29Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда 0 13:06"Исламни нокаут қила оламан" - Илия Топурия 0 12:45Курашчиларимиз Осиё чемпионатида яна 5 та медални қўлга киритишди 0 12:24Ислам Махачев: "Делла Маддалена билан жанг оғир бўлади" 0 12:03"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи 0

17 jan 17:24
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi bo'yicha “Ochiq eshiklar” kuni hamda faxriylar o'rtasida musobaqa tashkil etildi + FOTOGALEREYA

O'zbekiston stol tennisi federaciyasida “Ochiq eshiklar” kuni hamda faxriylar o'rtasida musobaqa o'tkazildi.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda mamlakatimiz stol tennisi federaciyasi tomonidan yurtimizda Olimpiya o'yinlari turkumidan joy olgan sport turlarini, jumladan stol tennisini yanada ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakillantirish, bolalarni mazkur sport turiga keng jalb etish maqsadida stol tennisi bo'yicha “Ochiq eshiklar” kuni va faxriylar o'rtasidagi musobaqa o'tkazildi.

 Mazkur sport tadbirida bolalarga yurtimizning iqtidorli stol tennischilari tomonidan mahorat saboqlari o'tkazildi.

– Bugun sportga har qachongidan ham yuksak etibor qaratilmoqda, – deydi O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi Saida Mahmudova. – Bu etibor samarasida aholi, ayniqsa farzandlarimiz o'zlari xush ko'rgan sport turlari bilan shug'ullanish orqali har tomonlamo sog'lom bo'lib kamol topmoqda. Stol tennisi bo'yicha tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” kuni va faxriylar o'rtasidagi musobaqa ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Bolalarimiz iqtidorliy sportchilarimiz bilan birgalikda shug'ullangan bo'lsa, faxriylarimiz o'zaro raqobatlashdi. Bu kabi sport tadbirlari yoshlarimizni sportga bo'lgan muhabbatlarini yanada oshirishi shubhasiz.

  Mamlakatimizning eng sara faxriy stol tennisi ustalari o'rtasida o'tgan musobaqa ham qizg'in va murosasiz o'tdi. Yuksak tajriba va mahoratli faxriylarimiz 20-40, 41-49, 50-59, 60 va undan yuqori yosh toifalarga bo'lingan holda g'oliblik uchun kuch sinashdir.

– Faxriylar o'rtasida o'tgan musobaqaning 41-49 yosh toifasida g'olib bo'lganimdan xursandman. Aslida bu musobaqa do'stona ruhda o'tdi. Men fursatdan foydalanib farzandlarimizga, yoshlarga shuni maslahat bermoqchimanki, sport bilan shug'ullanishni kanda qilmang. Sport – salomatlik garovidir. SHuningdek, mazkur sport tadbir tashkilotchilaridan minnatdorman, – deyd Akbar Kuliboev.

Quyida faxriylar o'rtasida o'tgan musobaqa g'olib va sovrindorlari bilan tanishasiz:

20-40 yosh toifasi:

1.Abletipov.SH
2. Umarov.O
3. Tojiboev.X

41-49 yosh toifasi:
1. Kuliboev.A
2. Abdullaev.U
3. SHamyunov.R

50-59 yosh toifasi:
1. Murodxo'jaev.D
2. Rasulov.A
3. Ahmedov M

60 va undan yuqori yosh toifasi:
1. Raupov.A
2. Xasanov.A
3. Selyutin.A

O'zbekiston stol tennis federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing