26 iyu 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Topuriya nega Carukyan UFC 317’dan keyin chempionlik jangida qatnashmasligini aytdi
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya nega Arman Carukyan (70 kg) navbatdagi chempionlik jangiga davogar bo'lolmasligini aytdi.
"Menimcha, UFC unga chempionlik imkoniyatini bermaydi. Har holda, men uni berish niyatim yo'q, chunki Armanni munosib davogar deb hisoblamayman.
UFC bilan menda ham bir vaqtlar vazn masalasida muammo bo'lgan. Men 65 kg vaznda jang qilganman. Keyin meni boshqa divizionga o'tkazishgan, xatolarimni to'g'rilashga majbur qilishgan, shundan so'nggina qaytib keldim. Xo'sh, nega endi Armanga bu imkoniyatni berishlari kerak?" — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi ESPN Deportes.
Havola :
Manba : ESPN Deportes
Fikrlar