So’nggi yangiliklar

18:45Осиё чемпионатининг илк куни иштирок этган 8 дзюдочимизнинг бари шоҳсупага кўтарилди 0 18:24Канело — Кроуфорд оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 18:01Дана Уайт Турки аш Шайх билан қилаётган бокс лойиҳаси ҳақида гапирди 0 17:39Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди 0 17:17Менежер Биволнинг навбатдаги рақибларини айтди 0 16:51"Tashkent Select" Қозоғистон ёшлар чемпионатида қатнашмайди — манба 0 16:26Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг ҳақида: "Энг зўри эканимни бутун дунёга исботлайман" 0 16:01ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи 0 15:39"Магомед ҳалиям Перейрани нокаут қилиш истагида" - менежер 0 15:18"Pantera Sport Club" Қозоғистондаги турнирда умумжамоа ҳисобида 1-ўринни эгаллади 0 14:51ЖЧ-2025. Қозоғистоннинг неча боксчиси ярим финалга йўл олди? 0 14:25U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум 0 14:02"У ичиб олган". Кроуфорд — Топуриянинг уни нокаут қиламан деган гапига жавоб қайтарди 0 13:39Абдулрашид Садулаев виза билан боғлиқ муаммо сабаб бу сафарги Жаҳон чемпионатини ҳам ўтказиб юборадиган бўлди 0 13:17Царукян — Топурия ҳақида: "Агар жанг қилгиси келмаса, камарни бўшатиб қўйсин" 0

02 mar 18:15
Yangiliklar

Futbol

Superliga 1-turiga stadionlarda chiptalar narxi qancha? Eng qimmat va eng arzoni qaerda?

Teglar :  Superliga
Mamlakatimizda futbol bahori start olishiga oz qoldi.

Oradan ko'p kutirmay Superliga ham qishki uyqudan chiqmoqda. Odamlar katta futbolni sog'ingan. Tabiiyki, dastlabki turlarda barcha ishqibozlar arenalar tomon oshiqishadi. Xo'sh, stadionlarda mavsumning ilk uchrashuviga chiptalar qanday narxda sotilmoqda? Quyida bu haqda malumot berishga harakat qilamiz. 


3 mart, juma

"Paxtakor" - "Olimpik" 

Toshkentda shu kuni 2023 yilgi mavsumning rasman ochilish o'yini bo'lib o'tadi. Unda "Paxtakor" o'z maydonida Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik"ni qabul qiladi. Ayni paytda uchrashuvga chiqarilgan chiptalar narxi 10 000 so'm, 20 000 so'm, VIP sektorlar 50 000 so'mdan sotilmoqda. 


"Metallurg" - "Neftchi"

Poytaxtdagi bahs bilan parallel ravishda "Neftchi" "Metallurg" mehmoni bo'ladi. Bekoboddagi o'yingohga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sektorlarda 12 000 so'mdan chiptalar chiqarilgan. 


4 mart, shanba 

"So'g'diyona" - "Bunyodkor"

SHanba kuni Superliganing navbatdagi 3 ta uchrashuvi davom ettiriladi. "So'g'diyona" o'z maydonidagi tamirlash ishlari sababli uydagi raqiblarni "Zomin"da qarshi oladi. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuviga barcha tipdagi chiptalar 10-15 000 so'm atrofida sotilayotgani haqida malumotlar oldik. 


"Nasaf" - "Andijon" 

Qarshidagi mavsumning ochilish uchrashuviga CIP chiptalar - 50 000 so'm

1,2,6,7,8 o'rindiqlar - 25 000 so'm

Qolgan joylar - 20 000 so'mdan sotilmoqda. 



"Navbahor" - "Qizilqum"

Birinchi turda eng ko'p muxlis shubhasiz Namanganda bo'lishini taxmin qilish qiyin emas. "Navbahor" yangi mavsumni uyda "Qizilqum"ga qarshi boshlaydi. SHunday ekan, arena to'ladi. "Markaziy" stadionga kirish uchun muxlislar barcha tipdagi chiptalarni 50 000 so'mdan harid qilishlari mumkin. Malumotlarga qaraganda, 2 va 21-sektor uchun chiqarilgan chiptalar sotib bo'lingan. 


"Surxon" - OKMK 

Mazkur o'yin neytral maydon – "Paxtakor"da bo'lib o'tadi. Termiz va Olmaliqdan keladigan ishqibozlar uchun uchrashuvga kirish bepul.


"Turon" - "Buxoro"

Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida Pro ligadan chiqqan ikki klub  "Turon" - "Buxoro" to'qnashuvi bo'lib o'tadi. Aniqlagan malumotlarimizga ko'ra, barcha sektorlar uchun chiptalar standart 20 000 so'm etib belgilangan. Yillik abonementlar esa 220 000 so'mni tashkil qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing