11 sen 15:18
Yangiliklar

"Pantera Sport Club" Qozog'istondagi turnirda umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi
Uchinchi bor tashkil etilgan ushbu ananaviy xalqaro musobaqada Qozog'iston, O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasidan 1000 nafarga yaqin yosh dzyudochilar medallar yzlida o'zaro bellashishdi. Turnir to'rtta yosh toifasi - 2010-2011, 2012-2013, 2014-2015 va 2016-2017 yillarda tug'ilgan o'smirlar va kichik yoshdagi o'smirlar o'rtasida tashkil etildi.
Quvonarlisi, “Abilayxan Open Cup” turnirida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bobur Rizaev va Abdulbosit Abduvahobov murabbiyligidagi "Pantera Sport Club" klubi tarbiyalanuvchilari 6 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallashdi. Qozog'istonning "Ippon Judo Club" va sport maktab-internati jamoalari kuchli uchlikda joy olishdi.
Malumot uchun, ushbu klub tarbiyalanuvchilarining aksariyati poytaxtimizdagi 102-umumtalim maktabi hududida O'zbekiston dzyudo federaciyasi tashabbusi bilan bunyod etilgan sendvich panelli, ixtisoslashtirilgan dzyudo zalida shug'ullanishadi. Bu esa Federaciyaning klublar tizimini rivojlantirish yo'lida olib borayotgan islohotlari o'z mevasini bera boshlaganidan dalolat.
Fikrlar