So’nggi yangiliklar

18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0

16 avg 18:14
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze O'zbekiston terma jamoasida qolishi kerakmi? Alisher Nikimbaevning fikri

Taniqli futbol mutasaddisi O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi qanday bo'lishi kerakligi haqida mulohaza yuritdi.

Taniqli futbol mutasaddisi Alisher Nikimbaev "Fint To'raeva" podkastida JCH-2026 va turnirga tayyorgarlik davrida O'zbekiston terma jamoasi bilan kimlar ishlashi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

- SHaxsan men o'rtacha variantni topishdan manfaatdorman. Bu masalaga qaysi nuqtai nazardan yondashish kerakligini tushunishimiz lozim. Biz bir yilga, faqat JCH-2026 uchun murabbiy izlayapmizmi? Axir yarim yildan so'ng Osiyo kubogi ham bo'ladi-ku. Demak, biz terma jamoani bir kishiga bir turnirga ishonayapmizmi yoki ikki turnirga? Osiyo Kubogidan keyin-chi?

Bu xuddi shaxmatga o'xshaydi: bir yurish qilgach, keyingi harakatlarimizni ham tushunishimiz kerak. Hozir hamma narsani tashlab, chet ellik mutaxassisni taklif qilish, kimligidan qati nazar - Lyov, Bilich, Kapello yoki braziliyalik Anchelottini olib kelish noto'g'ri bo'lardi. Biz insonni nimaga taklif qilayotganimizni, qancha muddatga va qanday vazifalarni hal qilishi kerakligini aniq bilishimiz zarur.

O'zbekistonning hozirgi terma jamoasida futbolchilarning yarmi "30+" yosh toifasida, bazilari tez orada shu yoshga etadi. Ertami-kechmi tarkibni yangilash kerakligi haqidagi savol tug'iladi. JCH-2026'ga, ehtimol, kimdir jarohatlanmasa yoki yoshlardan birontasi yorqin natija ko'rsatmasa, O'zbekistonni mundialga olib chiqqan jamoa boradi deb o'ylayman. Osiyo Kubogiga ham, katta ehtimol bilan, shu tarkib boradi, chunki turnirlar orasidagi tanaffus juda qisqa - atigi yarim yil.

Faraz qilaylik, Timur Kapadze O'zbekiston terma jamoasida qoldi. SHaxsan men uni qoldirish kerak deb hisoblayman. U qolishni xohlaydimi yoki yo'qmi - bu boshqa masala. U intervyularidan birida agar bosh murabbiy sifatida qolmasa, ketishini aytgan edi. Men uni tushunaman, u shunday fikrlashga va gapirish huquqiga ega. Bu murabbiy sifatida malum yutuqlarga erishgan odamning ambiciyasidir.

Menimcha, Kapadze terma jamoada qolishi shart. Qaysi lavozimda - bu alohida mavzu. Ammo Kapadze qolishi kerak, chunki u yoshlarni hammadan yaxshi biladi va ular bilan ishlashni uddalaydi. "Olimpik" tashkil etilganidan to Olimpiadagacha bo'lgan 3-4 yil ichida klubdan 150 ga yaqin o'yinchi o'tdi. Kimdir ozgina o'ynadi, kimdir faqat sinovdan o'tdi, lekin baribir. Yani bu futbolchilar hozir 23-24 yoshda, keyingi jahon chempionatiga kelib esa 28-29 yoshda bo'ladi. Bular kelajakda O'zbekiston terma jamoasining asosini tashkil etishi mumkin bo'lgan o'yinchilardir. Kapadze ularni hammadan yaxshi biladi. Bu bahslashib bo'lmaydigan haqiqat.

Hatto chet ellik mutaxassis keladi deb faraz qilsak ham, aynan Kapadze unga: "Bu poziciya uchun bizda bir nechta o'yinchi bor. Bazilarini hali ko'rmagan bo'lishingiz mumkin", deb ayta oladi. Bu erga kelgan har qanday chet ellik mutaxassis bu erdagi hech kimni tanimaydi. U mahalliy futbolni o'rganish uchun biroz vaqt sarflaydi. Lekin shu bilan birga, men chet ellik murabbiyni taklif qilish kerak emas, demoqchi emasman. Masala shundaki, uning vazifasi nima bo'ladi, qancha muddatga va qanday maqsadlar uchun taklif qilinadi.

Menimcha, u bosh murabbiy Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabidagi maslahatchi murabbiy bo'lishi kerak. CHet ellik murabbiyni bosh murabbiy sifatida taklif qilsangiz ham, Kapadze uning shtabida bo'lishi shart. Bu erda hamma narsa O'FA vakillarining muzokaralar olib borish mahoratiga, qanday kelisha olishiga bog'liq. SHartli ravishda Kapadzega shunday deyish mumkin: "Sen hali yosh murabbiysan, keyingi jahon chempionati seniki". Hech kimga o'z fikrimni isbotlamoqchi emasman, shunchaki misol tariqasida aytdim.

Kapadzening kuchli va zaif tomonlarini tushunish kerak. U, aytganimdek, mahalliy futbolni hammadan yaxshi biladi, turli yoshdagi ko'plab futbolchilarni taniydi, tajriba va bilimga ega. Ammo Kapadzening aynan final turnirlarida ishtirok etish tajribasi yo'q, bu esa, menimcha, Olimpiadada unga qarshi ish berdi. Parijdagi o'yinlarda biz yaxshiroq natijani kutishga haqli edik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing