16 avg 15:47
Yangiliklar
Dzyudo

Uch nafar dzyudochimiz Valensiyadagi xalqaro mashg'ulotlarga jo'nab ketdi
17-24 avgust kunlari oralig'ida Ispaniyaning Valensiya shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi.
Ushbu mashg'ulotlarda dunyoning ko'plab davlatlaridan kelgan 1000 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etadi. Bugun terma jamoamizning etakchi dzyudochilaridan SHahram Ahadov, Olimpiya o'yinlari sovrindorlari Davlat Bobonov va Alisher Yusupov murabbiy Nurali Qobulov boshchiligida Valensiyaga yo'l oldi.
Osiyo, Evropa hamda okean orti davlatlari dzyudo maktablari ishtirokidagi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini terma jamoamiz azolari uchun har tomonlama foydali bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar