05 avg 16:10
Yangiliklar

Manba: O'zbekiston MTJning CAFA turniri uchun ehtimoliy tarkibi
Musobaqaning boshi FIFA kuniga to'g'ri kelmagani bois terma jamoaga faqat mahalliy klublarda o'ynayotgan futbolchilarni chaqirish mumkin. Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevning taxminicha, Kapadze quyidagi futbochilarni chaqiradi:
Darvozabonlar: Abduvohid Nematov, Botirali Ergashev, Vladimir Nazarov.
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Zafarmurod Abdiraxmatov, Umar Eshmurodov, Islom To'xtaxo'jaev, Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, SHerzod Nasrullaev.
Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo'riev, Asadbek Rahimjonov, Jamshid Iskanderov, Aziz Turg'unboev, Hojimat Erkinov, Ruslan Jiyanov, Oybek Bozorov, Aziz Xolmurodov.
Hujumchilar: Igor Sergeev, Bobir Abdixoliqov, Husayn Norchaev
Championat.asia xodimi Tolibjon Qosimovning qo'shimcha qilishicha, Muhammadrasul Abdumajidov, Abror Ismoilov, Jasur Jaloliddinov va Alisher Odilov ham ushbu ro'yxatdan joy oladi.
Eslatib o'tamiz, CAFA Nations Cup 29 avgustdan 8 sentyabrga qadar bo'lib o'tadi. O'zbekiston "A" guruhi o'yinlarini Toshkentda qabul qilib, Qirg'iziston, Turkmaniston hamda O'mon bilan bellashadi. "B" guruhida esa mezbon Tojikiston Eron, Afg'oniston va Hindiston bilan to'qnash keladi. Musobaqaning yarim finallari va finaliga Toshkent mezbonlik qiladi.
Avvalroq O'zbekiston terma jamoasining CAFA musobaqasi uchun tarkibini Kapadzening o'zi yig'ishi malum qilingan edi.
Fikrlar