So’nggi yangiliklar

10:18Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди 0 09:57Наоя Иноуэ: "Бу Муроджоннинг шарофати билан эди" 0 09:36Асламжон Ортиқов Санжар Зокиров билан бир кардда жанг қилади 0 09:15Кроуфорд учта турли дивизионда мутлақ чемпионликка эришган тарихдаги илк боксчига айланди 0 08:50Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди 0 08:27Пара академик эшкак эшиш: жамоамизнинг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 08:02Бу факт: Наоя Иноуэ профессионал фаолиятида тўртинчи марта тўлиқ жанг ўтказди, бунақаси сўнгги бор 2019 йилда бўлганди 0 07:30Тошкентда Ўзбекистон ва Чехия терма жамоаларининг қўшма машғулоти ўтказилмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 07:01Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди 0 01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0

30 may 08:06
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 294 CHimaevga so'nggi imkon bo'ladimi yoki Kamaru Usman uchun?

Xamzat CHimaev UFC’ning to'rtinchi vazn toifasida chempionlik jangi uchun kurashish istagi borligini aytdi.

Xamzat ko'p ham jang o'tkazavermaydi. CHimaev o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning sentyabr oyida o'tkazgandi. Keyin u Kevin Xolland bilan “muomalani yaxshi qildi” va endi esa navbatdagi raqibini kutmoqda. 

Xamzat allaqachon Abu-Dabiga jo'nab ketgan. Xorijlik ekspertlarning fikriga ko'ra, "Borz"ning kelgusi jangi BAAdagi UFC 294 turnirida bo'lib o'tadi. Uning raqibi Kamaru Usman bo'lish ehtimoli juda ham yuqori. 36 yoshli sobiq chempionning Leon Edvardsga ikki bor mag'lub bo'lganidan so'ng yana bir unvonga ega bo'lishi uchun Top-5 talikdagi raqiblar ustidan g'alaba qozonishi zarur va bu yo'lda unga eng munosib nomzod kelib chiqishi chechen sanalmish shved “o'g'loni”dir. 

CHimaev uchun esa Usman ustidan qozonilajak yutuq chempionlikka to'g'ridan-to'g'ri yo'l ochadi. U buni yaxshi biladi, shuning uchun "Borz" shaxsan o'zi Usmanni duelga chaqirdi: "Usman jang qilmoqchi, men uning so'nggi raqibi bo'laman. Abu-Dabida bu yigit bilan urushaman va uning yuzini "bejab" qo'yaman. SHundan so'ng ular menga titul uchun jang tashkillashtiradi. Leon Edvards bilan jang Kamaruga ko'p pul olib kelmadi, kimdir men bilan urushsa, bu jang katta pul keltirishini hamma biladi. Usmanga aytarim, men tayyorman, shartnoma imzola! Kelinglar, kurashamiz va pul ishlaymiz!"


Xamzat chempionlik "ishqida kuyib yonayotgan" engilmas sportchi. Abu-Dabi uning ikkinchi uyiga aylanib qoldi. CHechen BAAda ko'p jang o'tkazdi va biror marta mag'lub bo'lmadi. Hammasi 2019 yil oktyabr oyida Mzvandile Xlonga qarshi jangdan boshlangandi. Keyin "Borz" Brave CF tashkilotida chiqish qildi. Janubiy Afrikalik raqibini "uxlatib" qo'ygach, UFC’dan shartnoma oldi. Yangi tashkilotda u Jon Fillips, Ris Makki va Li Jingliangni mag'lub etdi.

Kamaru bilan duel CHimaev faoliyatidagi eng kuchlisi bo'ladi. Bu haqda rossiyalik promouter Kamil Gajiev ham o'z intervyusida aytib o'tdi: "Xamzat uchun qiyin jang bo'ladi. Ammo u hozir har bir jangi qiyin bo'lishi kerak bo'lgan darajada. Bu oqshomning asosiy jangi demakdir, shu bois besh raund davom etishi lozim. Biroq, CHimaev besh raundga etib borishiga shubham bor, chunki unda etarlicha tajriba yo'q. Agar u buning uddasidan chiqsa, chempionlik uchun kurashga yo'l ochiladi. Hammmasi o'zining qo'lida. Mabodo yutqazib qo'ysa, UFC rahbari Dana Uaytning ishonchini yo'qotib qo'yishi ham hech gap emas..."

SHunday ekan, bu jang ikki katta sportchidan biri uchun so'nggi imkon bo'lishi ehtimoli yuqori....

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing