15 sen 00:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Akmaljon Isroilov mezbon bokschini mag'lubiyatga uchratib, JCH oltin medalini qo'lga kiritdi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Musobaqada -85 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Akmaljon Isroilov finalda Angliya vakili Tign Stottga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda Akmaljon Isroilov 5:0 hisobida g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Malumot uchun, Akmaljon bungacha Avstraliya, Ispaniya va Avstriya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalga etib kelgandi.
Bu O'zbekiston terma jamoasining Liverpuldagi Jahon chempionatida 6-oltin medali bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar