15 sen 01:25
Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Liverpuldagi JCHni 11 ta medal bilan yakunladi
Ushbu musobaqada 60 dan ortiq mamlakatdan 500 nafardan ziyod bokschi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Terma jamoamiz safida sovrindorlar bokschilar ro'yxati:
Oltin:
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-75 kg: Fazliddin Erkinboev
-80 kg: Javohir Ummataliev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-90 kg: To'rabek Xabibullaev
Kumush:
-65 kg: Navbahor Hamidova
+90 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Kazakova
-70 kg: Aziza Zokirova
Qayd etish lozimki, O'zbekiston terma jamoasi medallar soni bo'yicha musobaqada birinchi o'rinni band etdi. SHuningdek, erkaklar terma jamoamiz ham medallar reytingida etakchi bo'ldi. Umumjamoa hisobida esa Qozog'iston terma jamoasi birinchi bo'ldi. Kuchli uchlikka Hindiston terma jamoasi yakun yasadi.
Fikrlar