So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

04 sen 08:55
Yangiliklar

Boks/MMA, Parij-2024

“Ular uch baravar kam pul sarflashdi”. Qozoqlarning Olimpiadadagi muvaffaqiyatsizligi O'zbekiston fonida tushuntirildi

Qozog'istonlik bloger, “Dyadya Vanya” telegram kanali admini qozog'istonlik sportchilarning Parijdagi Olimpiya o'yinlaridagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini tahlil qilishga qaror qildi.

Muallif o'z materialida shunday yozadi. 

“Qozog'iston tarixida navbatdagi omadsiz Olimpiya o'yinlari kuzatildi. Parijdagi musobaqada yon qo'shnilarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi. O'zbekiston sportchilarining Franciyadagi o'yinlarini hisobga olsak, bu natija juda kulguli tuyuladi. O'zbeklar Parijda qo'lga kiritilgan medallar bo'yicha Markaziy Osiyo rekordini o'rnatishdi: 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza. O'z o'rnida takidlash lozim, qo'shni davlatda qozoqlarga qaraganda, sport ehtiyojlariga deyarli 3 barobar kam mablag' sarfladi”. 


2024 yilgi Olimpiya o'yinlari yakunlanganidan so'ng Qozog'iston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Turizm va sport vaziri Ermek Marjikpaev o'z lavozimidan ozod etilgani bejiz emas. “Dyadya Vanya” qozoq sportchilarining francuz arenalarida unchalik yorqin bo'lmagan chiqishlarining sababini topishga harakat qildi. 

“Yana bir sabab. Qozog'istonda rivojlanishi uchun davlat mablag'lari ajratiladigan ustuvor sport turlarining respublika ro'yxatiga 154 tasi kiritilgan. SHulardan: noolimpiya – 84, olimpiya – 46, qishki – 13, milliy – 11 ta. Bundan tashqari, baliq ovlash, petank, qutb sporti, penchak silat ham shular sirasiga kiradi. Bunday “saxiylik”ni faqat AQSH, Rossiya va Xitoy kabi qudratli davlatlar ko'tara oladi. 

2023 yilda Qozog'iston Respublikasi hukumati sport  ehtiyojlari uchun salkam 300 milliard tenge ( 573,5 million evro) sarfladi. 60 milliardi respublika, 200 milliardi viloyatlar, qolgan mablag' davlat jamg'armasi hisobidan ajratildi. Masalan, Evropada sportni davlat tomonidan moliyalashtirish bo'yicha etakchilar Franciya (13, 2 milliard evro), Germaniya (9,8 milliard), Italiya (5,3 milliard), Ispaniya (5,1 milliard) va Niderlandiya (4,5 milliard) anchagina katta pul sarfladi. Qozog'iston ushbu ro'yxatda 18-o'rinni egallab turibdi. 



Qozog'iston sportga sarflanadigan mablag' bo'yicha Irlandiya (364 million evro), Xorvatiya (213 million), Slovakiya (190 million), Litva (170 million) va Bolgariya (159 million) kabi davlatlardan oldinda. Biroq, bu mamlakat sportchilarining Parijdagi musobaqa davomidagi natijalari muvaffaqiyatli bo'ldi. Masalan, irlandlar 7 ta (4-0-3), bolgarlar 7 ta (3-1-3), xorvatlar 7 ta (2-3-3), slovenlar 3 ta (2-1) medal qo'lga kiritdi.  

Pul qaerga ketdi? 

Bizning qo'shnlarimiz ham sport uchun ajratilgan pullarni ancha oqilona sarflashdi. Masalan, 2024 yilda O'zbekiston ushbu maqsadlar uchun 2 trln so'm (144,6 million evro) ajratdi. Bu Qozog'istonnikidan 3,9 baravarga kam. Mahalliy sportchilar ko'pincha xorijda emas, balki Toshkent, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi zamonaviy 14 ta bazada mashg'ulot o'tkazishadi. Ular Parijda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Qirg'izistonda ham shunday qilishdi. Joriy mavsumda mamlakat 1,9 milliard som (20,3 million evro) sarfladi, bu qozoqlarga qaraganda 28,2 baravar kam! Qo'shnilarimiz mablag'ning katta qismini sport kurashlarini rivojlantirishga sarflashdi. Franciya poytaxtida ular 6 ta (0-2-4) medal qo'lga kiritishdi”, deb yozadi bloger o'z telegram kanalida.



Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing