30 iyu 11:41
Yangiliklar
100 ming atlet qatnashadigan yubiley Nyu-York marafoni qoldirildi
1970 yil asos solingan musobaqa bu yil yubiley 50-bor tashkil qilinishi kerak edi. Biroq tashkilotchilar koronavirus pandemiyasi sabab bu yilgi marafonni bekor qilishdi.
Ushbu marafonning umumiy sovrin jamg'armasi 800 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Unda g'olib bo'lgan ishtirokchi 100 000 va qo'shimcha bonuslar bilan undan ham ortiq pul mablag'lariga ega bo'lishi mumkin.
Tashkilotchilar so'zlariga ko'ra, bu yilgi yubiley kelasi yil nishonlanadigan bo'ldi. O'z o'rnida 2021 yilgi Nyu-York marafoni 7 noyabr sanasiga belgilanganini qo'shimcha qilish joiz. SHuningdek, bu yilgi marafonlar orasida Berlinda o'tadigan musobaqa ham bekor qilindi.
Malumot uchun, AQSHda 2.6 milliondan ortiq kishida koronavirus infekciyasi aniqlangan bo'lib, ularning 130 ming nafari vafot etgan va bu dunyo bo'yicha mutlaq yuqori ko'rsatkichdir.
Fikrlar