05 apr 13:50
Yangiliklar
VIII Toshkent xalqaro marafoni o'tkazilmoqda + FOTOREPORTAJ
Tadbirning ochilish marosimida qatnashgan rasmiylar musobaqa nufuzi va unga qiziqish yil sayin ortayotgani, bu orqali yurtdoshlarimiz orasida ommaviy sport rivojlanib borayotganini alohida takidlashdi.
SHundan so'ng marafon yo'nalishidagi dastlabki bahslarga start berildi. 42 km, 195 metr masofaga kechgan bellashuvda hamyurtimiz SHohruh Davlatov g'alaba qozondi.
G'olib va sovrindorlar:
1. SHohruh Davlatov (O'zbekiston)
2. Andrey Petrov (O'zbekiston)
3. Vladislav Pryamov (Belarus)
Kun davomida ishtirokchilar 21 km, 10 km, 5 km masofalarda yugurishadi. SHuningdek, skandinavcha yurish, inklyuziv yo'nalish va bolalar o'rtasida ham bahslar tashkil etiladi.
Tashkiliy qo'mitaning malum qilishicha, mazkur musobaqalarda 50 dan ortiq mamlakatdan 15 000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.




















Fikrlar