So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

05 apr 17:41
Yangiliklar

Engil atletika

Otabek Umarov: "Marafonda qatnashgan va uni yuqori saviyada tashkil etganlarga rahmat"

Bugun poytaxtimizda o'tkazilgan VIII Toshkent xalqaro marafoni yuksak saviyada tashkil etildi.

Ananaga aylanib borayotgan ushbu nufuzli sport bayramining muvaffaqiyatli o'tishida ko'plab tashkilot va mutasaddilarning hissasi munosib bo'ldi.

Xususan, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov ushbu tadbir yuqori saviyada o'tkazilgani borasida fikrlarini bildirib o'tdi:

"Bu yilgi musobaqa har yilgidan ham yuqori saviyada o'tkazildi. Bunda faol ishtirok etgan Sport vazirligi, mamlakat engil atletika federaciyasi va homiylarga, yuqori darajadagi tashkiliy ishlarda yordam bergan mamlakat triatlon federaciyasi raisi Viktor Mahmudov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga, bahslarning xavfsiz o'tishini taminlashdagi yordami uchun Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya qo'mondonligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa davlat va hukumat idoralariga, shuningdek, musobaqa davomida fidokorona xizmat qilgan hakamlar va volontyorlar jamoasiga, uni keng yoritishda xizmat qilgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga samimiy minnatdorchilik izhor etaman.

Ushbu hamjihatlik va yuksak masuliyat sabab marafon chinakam sport bayramiga aylandi va ishtirokchilar hamda mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi", deydi Otabek Muhammadalievich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing