26 apr 09:31
Yangiliklar
Tennis
15 yil oldin Nadal Top-10da debyut qilgandi
Bundan 15 yil avval ispaniyalik tennis afsonasi Rafael Nadal faoliyatida ilk bor jahon reytingining kuchli o'ntaligiga kirishga muvaffaq bo'lgan edi.
Aniqrog'i, 2005 yilning 25 aprel kuni Nadal ATR reytingida 7-o'ringa ko'tarilgan. Rafa Barselonadagi turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritishi evaziga ana shunday ko'tarilishga erishgandi.
O'sha paytdan beri Rafael Nadal Top-10dan tushib ketayotgani yo'q. Yani 778 haftadan buyon u kuchli o'ntalikda bo'lib kelmoqda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar