04 iyu 19:13
Yangiliklar
Tennis
15 yoshli Kori Goff Kurnikovaning rekordini takrorladi
Amerikalik 15 yoshli tennischi Kori Goffning Uimbldon turnirining uchinchi davrasiga yo'l olgani haqida xabar bergan edik.
Goff avvaliga o'zidan 24 yoshga katta amerikalik Vinus Uilyamsni musobaqadan chiqarib yubordi. Ikkinchi davrada esa slovakiyalik Magdalena Ribarikovadan ustun keldi. Endi u uchinchi bosqichda sloveniyalik Polona Xercogga qarshi kortga chiqadi.
SHu tariqa, 15 yoshli Goff Anna Kurnikovadan so'ng "Katta Dubulg'a" turnirining uchinchi davrasiga etib kelgan eng yosh tennischiga aylandi. Rossiyalik Kurnikova 1996 yilda US Open turnirining 1/8 finaliga qadar etib borgandi.
Havola :
Fikrlar