29 okt 16:31
Yangiliklar
Tennis

15 yoshli Kostyuk o'smirlar o'rtasida Yakuniy turnir g'olibasi bo'ldi
Ukrainalik yosh tennischi Marta Kostyuk Xitoyning SHenju shahrida yakunlangan o'smirlar o'rtasidagi Yakuniy turnir g'olibasiga aylandi.
O'n besh yoshli Kostyuk hal qiluvchi final uchrashuvida sloveniyalik Kayya Yuvanni 6:4, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Marta turnirning eng yosh ishtirokchisi bo'lgani etiborga molik holat.
Takidlash joiz, Kostyuk turnir davomida raqibalariga
bironta ham setni boy bermadi. U shu yili “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Australian
Open, sentyabrda US Open musobaqasining juftliklar bellashuvida ham bosh mukofot
sohibasiga aylangandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar