27 may 12:52
Yangiliklar
Boshqalar
150 nafardan ortiq sportchi marixuanani taqiqlangan moddalar ro'yxatidan olib tashlashni iltimos qildi
Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ga marixuanani taqiqlangan moddalar ro'yxatidan olib tashlash iltimosi bilan xat kelib tushdi.
Uni 150 nafardan ortiq sobiq va amaldagi sportchilar imzolagan.
"Biz kannabis sabab hayot sifatlari yaxshilanishini sezdik. Bu insonga salomatlik borasida ustunlik beradi. Bular boshqa sportchilar foydalanishlari uchun ham ruxsat etilgan bo'lishi lozim", - deyiladi xatda.
Xatni imzolaganlar orasida bokschi Mayk Tayson, amerikancha futbolchilar Jeyk Plammer va Riki Uilyams, velosportchi Floyd Lendislar bor.
Havola :
Manba : Reuters
Fikrlar