19 sen 18:01
Yangiliklar
O'zbekistonlik og'ir atletikachi doping tufayli 3 yilga chetlatildi
"Og'ir atletika federaciyasi sportchisi Bekmurzaev Nurmuhammaddan 2026 yil 30 martda musobaqa davrida olingan doping sinamasida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar ro'yxatining S1.1. Anabolik Androgen streoidlar (doimiy taqiqlangan moddalar) guruhiga mansub drostanolone va tranbolone moddalari aniqlangan.
N.Bekmurzaev antidoping qoidabuzarligiga etiroz bildirmagan va belgilangan oqibatlarni qabul qilgan. Dastlab 4 yil etib belgilanishi mumkin bo'lgan diskvalifikaciya muddati qoidabuzarlikni erta tan olgani sababli WADA kodeksining 10.8.1 moddasig ko'ra 1 yilga qisqartirilib, 3 yil etib belgilangan. Diskvalifikaciya muddati 2026 yil 15 apreldan 2029 yil 14 aprelgacha davom etadi", deyiladi tashkilot xabarida.
Nurmuhammad 2024 yilgi O'zbekiston kubogi sovrindoriga aylangandi.
Fikrlar