28 may 10:23
Yangiliklar
Tennis
16 yoshli Diana 10 yillik rekordni takrorladi
Franciyalik yosh tennischi Diana Parri “Rolan Garros” turnirining asosiy to'rida g'alabaga erishdi.
Bu bilan 16 yoshli Diana “Katta Dubulg'a” turnirilarining 10 yillik rekordini yangiladi. Parri “Rolan Garros”ning ilk davrasida belaruslik Vera Lapkoni 6/2, 6/2 hisobida taslim etdi. Diana g'alaba qozongan kuni 16 yoshu 281 kunlik edi.
Bundan avvalgi rekord 2009 yilda o'rnatilgan bo'lib, o'shanda portugaliyalik Mishel Larsher de Britu 16 yoshu 129 kunligida zafar quchgandi. SHuningdek, Parri 2006 yildan beri bunday natijaga erishgan eng yosh franciyalik tennischi ham bo'ldi. Ungacha bu rekord Alize Kornega tegishli edi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar