13 avg 10:00
Yangiliklar
Tennis

18 yashar SHapovalov zamonaviy tennis tarixiga kirdi
Kanadalik Denis SHapovalov Kanadaning Monreal shahrida yakuniga etib borayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi turnirda o'ziga xos tarix yaratdi.
U chorak final uchrashuvida franciyalik Adrian Mannarinoni 2:6, 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgan edi. Asosiy davraga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan 18 yoshli kanadalik tennischi undan avvalgi bosqichda Rafael Nadalni ham taslim etgandi.
SHu tariqa, SHapovalov 1990 yildan beri o'tkazib
kelinayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi turnirlar tarixidagi yarim finalga etib
kelgan eng yosh tennischiga aylandi. CHorak final kuni Denis 18 yoshu 118 kunlik
edi.
Havola :
Fikrlar