02 dek 07:41
Yangiliklar
SHaxmat
18 yoshli francuz shaxmatchisi Magnus Karlsenning rekordini yangiladi
18 yoshli franciyalik shaxmatchi Alireza Firuja FIDE reytingida 2800 ochko jamg'argan tarixdagi eng yosh shaxmatchiga aylandi.
Federaciya saytida elon qilingan reytingning yangilangan variantida Firuja ikkinchi o'rinni egallab turibdi, uning ko'rsatkichi 2804 ball.
Firuja 18 yoshu 5 oy 13 kunligida 2800 ochkoli dovonni bosib o'tdi. Avvalgi rekord norvegiyalik Magnus Karlsenga tegishli edi. 2009 yilda Karlsen 18 yosh 336 kunligida xuddi shunday muvaffaqiyatga erishgan edi.
Eslatib o'tamiz, Magnus Karlsen ayni damda rossiyalik Yan Nepomnyashhiy bilan jahon chempionati bahsida o'ziga tegishli bo'lgan shaxmat tojini himoya qilmoqda. Dastlabki to'rtta o'yindan so'ng durang qayd etilib turibdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar