22 mar 15:51
Yangiliklar
Tennis
18 yoshli Leyla bosh sovrin sohibasiga aylandi
Meksikaning Monterrey shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha WTA turniri o'z yakuniga etdi.
Dunyoning 88-raketkasi bo'lib turgan kanadalik 18 yoshli Leyla Fernandes ushbu musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingining 102-pog'onasidan joy olib turgan shveycariyalik Viktoriya Golubichni 6/1, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir daqiqasi kam bir yarim soat davom etgan bahsda Fernandes 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. 28 yashar Golubich esa bu ko'rsatkich nol ko'rinishida bo'ldi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Abierto GNP Seguros turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Leylaga 280 reyting ochkosi hamda 29,200 dollar taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar