07 mar 13:12
Yangiliklar
Tennis
19 yoshli Leyla Fernandes Monterrey turniri chempioniga aylandi
Jahonning 21-raketkasi, kanadalik Leyla Fernandes Monterreydagi turnir finalida WTA reytingida 44-o'rinni egallab turgan kolumbiyalik Mariya Osorioni 6/7 (5), 6/4, 7/6 (3) hisobida mag'lub etdi.
2 soatu 52 daqiqa davom etgan uchrashuvda 19 yoshli Fernandes to'rtta eysni amalga oshirdi, sakkiz marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi va beshta breyk-poyntni qayd etdi. 20 yoshli Osorio esa ikki marta eys, to'rtta breyk amalga oshirib, ikki bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endilikda o'zaro uchrashuvlarda hisob 3:1, kanadalik tennischi foydasiga.
Fernandes Abierto GNP Seguros musobaqasida g'olib chiqqani uchun 280 reyting ochkosi va 31 000 dollar mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar