26 may 09:37
Yangiliklar
Tennis
19 yoshli Yastremskaya Strasburgda tengsiz bo'ldi
Franciyaning Strasburg shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri yakunlandi.
International seriyasidagi ushbu turnirning final uchrashuvida ukrainalik Dayana Yastremskaya hamda franciyalik Karolin Garsiya o'zaro to'qnash kelishdi. Deyarli uch soat davom etgan bahsda 19 yoshli Dayana g'alaba qozondi - 6:4, 5:7, 7:6(3).
Bu Yastremskaya uchun faoliyatidagi uchinchi WTA turniridagi chempionlik bo'ldi. Ertaga elon qilinadigan yangi reytingda ukrainalik tennischi o'zi uchun rekord bo'lgan 32-o'ringa ko'tarilib oladi.
Havola :
Fikrlar