So’nggi yangiliklar

19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0 13:58"Нурмагомедов чемпионлик жангига лойиқ эмас" - Петр Ян 0

18 fev 16:53
Yangiliklar

Kamondan otish

2 xil sport turida chempion bo'lgan o'zbekistonlik sportchi bilan intervyu

Suhbatdoshimiz para kamondan o'q otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ubaydulla Imomqulov bo'ldi.

- O'zingiz haqingizda to'xtalib o'tsangiz…

- 2005 yil baxtsiz hodisa tufayli o'ng qo'limdan ayrilganman. SHundan so'ng, sportga bo'lgan qiziqishim tufayli 2007 yil birinchi bo'lib, stol tennisiga borishga qaror qilganman. Keyinchalik, u ayrim sabablarga ko'ra yopilib ketgan. Biroz tanaffusdan so'ng, futbol bo'yicha amputantlar terma jamoasiga qabul qilindim. Ular bilan birgalikda mashg'ulotlarga qatnashdim va darvozabon sifatida o'ynay boshladim. Hammasi yaxshi ketayotgandi. 1 oy o'tgach, chap qo'limdan jarohat oldim. Bu voqea afsuski, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida qatnashishimga to'sqinlik qildi va uni televizor qarshisida Olimpiada orzusida kuzatdim. 


- Keyingi faoliyatingiz qanday davom etdi?

- 2009 yil engil atletika sport turi bilan shug'ullana boshladim. U erda menga murabbiy - Anna Valerevna yaqindan yordam berdi. Astoydil mehnat qildim va ko'p yillar 800 metr va 1500 metr masofaga yugurish bo'yicha O'zbekiston bo'yicha birinchilikni qo'ldan bermadim. Bundan tashqari, Dubayda xalqaro Gran-Pri g'olibi bo'ldim, Evropa ochiq chempionatida 3-o'rinni oldim.

2012 yilda sport formam eng yuqori cho'qqiga chiqqan davrda, mashg'ulot paytida o'ng elkamni sindirib oldim. Afsuski, London Olimpiadasini ham o'tkazib yubordim.

Oradan vaqt o'tgach, paralimpiya murabbiyi bo'lishimni taklif etishdi. Men hali o'zimni kuchli his qilardim va katta sportdan ketishni xohlamasdim, Balki, shuning uchundir, bu taklifni o'ylab o'tirmasdan rad etdim.


- Kamondan otish sporti varianti qaerdan paydo bo'ldi?

- Hayotdagi qiyinchiliklardan so'ng, ruhiy tarafdan menga yordam berishi mumkin bo'lgan sport turi sifatida aynan kamondan o'q otishni tanladim. Internet orqali bu haqda malumotlar qidira boshladim. Dunyo chempionlari bilan Facebook’da aloqaga chiqdim. Amerikalik jahon chempionigacha yozdim. U “kel, men senga yordam beraman, biroq men O'zbekistonga borolmayman”, - deb aytdi. Moddiy qiyinchiliklar sababli bora olmasligimni bildirdim.

2018 yili internet orqali ukrainalik taniqli bir murabbiyni topdim va u bilan aloqaga chiqdim. Murabbiy meni ancha vaqt sinadi va meni ruhiy tarafdan kamonga moslashtirib bordi. 2 oydan keyin u meni Ukrainaga taklif qildi.




- Ukraina safari qanday kechdi?

- Ukrainaga bordim, murabbiy bilan yaqindan tanishdim va biz ancha suhbatlashdik. Oldinda turgan maqsadim kamon olish edi. Menda esa etarli mablag' mavjud emasdi. Ukrainalik quruvchi yigitlarga alohida rahmat aytishim kerak, chunki ular menga moddiy tarafdan qo'llaridan kelganicha ko'mak berishdi.

Murabbiy 1 hafta ichida menga elkamga kiyadigan moslamani yasatib berishda ham o'z yordamini ayamadi.


- O'zbekistonga qaytgach, darhol jiddiy mashg'ulotlarga kirishdingizmi?

- Ha, albatta. Kamonni mahorat bilan ishlatayotganimni ko'rgan Kamondan otish federaciyasi raisi Otabek aka Imomov meni qo'llab-quvvatlay boshladi. U kishidan juda minnatdorman. Otabek aka va Paralimpiya assosaciyasi yordamida Ukarinada yig'inda ham bo'lib qaytdim.

2019 yilda bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida shohsupaga ko'tarildim. SHu orqali o'zbek sporti tarixidan joy oldim yani 2 xil sport turida chempion bo'lgan yagona insonga aylandim.


- Tokiodagi Paralimpiya o'yinlariga licenziya yutish imkoniyati sizda bormi?

- Ha, aprel oyida Italiyada, iyun oyida esa CHexiyada musobaqalar o'tkaziladi. Nasib qilsa, shu turnirlarda yaxshi natijalar qayd etib, licenziyaga ega bo'lishga harakat qilaman.

- Xobbiyingiz?

- Xobbiyim futbol o'ynash va kompyuterda ishlash. Klaviatura bilan ko'zim yopiq holatda ham ishlay olaman. Real voqealarga asoslangan yoki melodrama kinolarni xush ko'raman.


- Nechta davlatlarda bo'lgansiz?

- Daniya, Belarus, Ukraina, BAA, Polsha, Janubiy Koreya davlatlarida bo'lganman.


- O'q mo'ljalga aniq etib borishi uchun nimalarga etibor berish kerak?

- Kamondan o'q uzayotganda gap kuchda emas, gap ruhiyatda va to'g'ri nafas olishda ekanligini ko'pchilik bilmaydi. Demak, ruhiyat va nafas olishga etibor berish lozim.

Bundan tashqari, kamon ob-havodan kelib chiqqan holda sozlanadi. Kamchiliklar ustida ishlash uchun o'quv-yig'in mashgulotlarida faol qatnashish kerak.


- Davlat tomonidan yoki Federaciya tomonidan g'alabalar paytida rag'batlantirish qanday bo'ladi?

- Rag'batlantirish mana shu mashg'ulot maydoni va Osiyo chempionatidagi ishtirokimni taminlashda yordam ko'rsatish. Qolgan xarajatlar o'zimdan.


- Hayot sinovlarida engilmasdan, sizni oldinga undab turuvchi kuch?

- Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish orzusi - doim meni olg'a intilishga undaydi. Qolaversa, atrofimdagi yaqin insonlar menga imkoniyati cheklangan inson sifatida qarashlarini istamayman, muvaffaqiyatlarimdan chin dildan faxrlanishlarini xohlayman va bu tuyg'u meni har qanday to'siqlarni engib o'tishga, taslim bo'lmaslikka davat etadi.

Tokioda qatnashish – mening asosiy niyatim bo'lib qolaveradi.

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing