26 mar 18:04
Yangiliklar
Tennis
20 yoshli Iga Svyontek Mayami turniridan keyin birinchi raketkaga aylanadi
Polshalik tennis malikasi Iga Svyontek Mayami turniri yakunlanganidan so'ng WTA reytingi peshqadamiga aylanib oladi.
Svyontek musobaqaning ikkinchi davrasida Viktoriya Golubichni mag'lub etganidan so'ng dunyoning birinchi raketkasi bo'lishi oydinlashgan. Igani birgina Paula Badosa quvib o'tishi mumkin edi.
Eslatib o'tamiz, bir necha hafta davomida reyting karvonboshisi bo'lib kelgan avstraliyalik Eshli Barti faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Svyontek WTA reytingini boshqargan 28-tennischiga aylanadi.
Malumot uchun, Svyontek 2001 yilning 31 may kuni tavallud topgan va tennisdagi professional faoliyatini 2016 yilda boshlagan. Svyontek 2020 yil, 19 yoshida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri chempioni bo'lgan. Bu yil Australian Open'ning yarim finaliga qadar etib keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar