So’nggi yangiliklar

19:30Қоч Ўзбекистон келяпти: Богдан Гусков тарихий имконият остонасида, Рамазон Темиров эса ўз йўлини давом эттиради (мутолаа учун) 0 19:05Дастин Порье фаолиятидаги энг кучли рақибни айтди. Бу Ислам Махачев эмас 0 18:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказишини маълум қилди 0 18:14Равшан Эрматов U-20 Жаҳон чемпионати санаси, янги стадион очилиши ҳамда Осиё кубоги мезбонлиги ҳақида гапирди 0 17:45UFC тарихида ўзбекистонлик жангчилар илк марта бундай натижага эришишди 0 17:23Магомед Анкалаев: "Мен билан жангга тайёргарлик кўриш учун 10 йил керак!" 0 16:57Ўзбекистон Davis Cup - Group III турниридаги иштирокини бошлаш арафасида 0 16:30Дешам Испанияга қарши ўйин олдидан: "Улар яққол фаворит" 0 15:58Царукяннинг жанги чемпионлик мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 15:19Нурсултон Рўзибоев янгиланган рейтингда ТОП-15'га кириб олди 0 14:56Пауло Коста нега Анкалаев билан жангдан бош тортганини маълум қилди 0 14:23Колумбия футболчиси ўлим таҳдидлари туфайли ЖЧ-2026`дан сўнг ватанига қайтмади 0 13:49FIDE Жаҳон Кубоги форматида ўзгаришлар бўлди 0 13:22Дастин Порье Макгрегорга: "Сени яна калтаклашга тайёрман" 0 12:57Аичи-Нагоя 2026: Uzbekistan Aquatics, волейбол ва велоспорт федерацияларида тайёргарлик жараёнлари муҳокама қилинди 0

01 jan 13:00
Yangiliklar

Tennis

2018 yilgi mavsum boshlandi! O'zbek tennischilari mavsumni qaerda boshlaydilar?

Tennis shunday sport turiki, yangi mavsum har doim yangi yilning ilk haftasidan boshlanadi.

Odatda professional tennischilar yangi yilni hech qachon uyida nishonlamaydi (jarohati bo'lmasa albatta). Bu yil ham bundan mustasno emas. Yangi yilning ilk kuni, yani 1 yanvar dushanbadan boshlab 2018 yilgi mavsum start oldi. Butun dunyo yana tennis nafasi bilan yashashni boshlamoqda.

1-7 yanvar kunlari ATP va WTA uchtadan turnir o'tkazish bilan mavsumni ochib beradi. ATP tasnifiga kiruvchi turnirlar bu Doha(Qatar),Pune (Hindiston) hamda Brisben(Avstraliya) dagi turnirlardir. Undan tashqari, ATPning uchta "CHellenjer" turnirlari ham bor. Bular Noumea (Yangi koledoniya), Playford(Avstraliya) va Bankok(Tailand) shaharlarida bo'lib o'tadi.

Ayollar o'rtasidagi WTA turnirlari Brisben(Avstraliya), SHenzxen(Xitoy), Oklend(Yangi Zelandiya)dagi turnirlardir. Yanvar oyining ikkinchi haftasida erkaklar Oklend(Yangi Zelandiya) va Sidney (Avstraliya)da baxslarga kirishadilar. SHuningdek, "CHellenjer" turnirlari Kanberra(Avstraliya) hamda Bangkok(Tailand) shaharlarida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Undan tashqari, ayollar o'rtasidagi musobaqa Sidney va Xobart shaharlarida (har ikkisi ham Avstraliyada) bo'lib o'tadi. Nihoyat, yanvar oyining 3-4 haftasida mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" musobaqasi 15-28 yanvar kunlari Avstraliya ochiq chempionati bo'lib o'tadi. SHu tariqa, Avstraliya turnesiga yakun yasaladi.

Endi O'zbekistonlik tennischilarga to'xtaladigan bo'lsak. Denis Istomin mavsumni Avstraliyada Brisbendagi ATP-250 turnirida boshlaydi. Qura natijasiga ko'ra, u ilk davrada Bosniya va Gertsogoviniya vakili Damir Jumxurga qarshi kortga chiqadi. Bu to'qnashuv g'olibi amerikalik Jared Donaldson hamda mezbonlar vakili Jordon Tompson(WC)lar o'rtasidagi o'yin g'olibi bilan uchrashadi. Keyin esa Denis 8-14 yanvar kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida bo'lib o'tadigan musobaqada ishtirok etishi kutilmoqda. SHundan so'ng, hamyurtimiz Avstraliya ochiq chempionatida asosiy to'rda ishtirok etishni rejalashtirgan. Denisga ushbu musobaqalarda zafarlar tilab qolamiz va albatta  kamida 2017 yilgi turnirda qayd etgan natijalarini tilaymiz. 



Temur ismoilov uchun o'tgan mavsum unchalik ham omadli kelmadi. Bu yilgi mavsumni yurtdoshimiz AQSHda boshlashga qaror qilgan. U 15 yanvar kuni Florida shtatida bo'lib o'tadigan "Fyuchers" musobaqasida (15 000$) ishtirok etish uchun buyurtma bergan va ikki-uch hafta davomida AQSHdagi musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirgan. U bilan birga musobaqalarda ishtirok etish uchun Alan Gajiev ham buyurtma bergan. Gajiev hozirda umuman reytingga ega emas. CHunki, u bazi sabablarga ko'ra bir yildan ortiq vaqt davomida musobaqalarda ishtirok etmagandi. Ko'ramiz, bu yil qanday natijalar ko'rsatar ekan. Yana bir yosh vakilimiz Amal Sultonbekov 15 yanvarda Turkiyadagi "Fyuchers"da (15000$) mavsumni boshlaydi. Boshqa erkak tennischilarimiz musobaqalarga ishtiroki borasida buyurtma berishmagan.

Farruh Do'stov, Sanjar Fayziev, Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonovlar mavsumni qachon va qaerda boshlashlari haqida bizda hozircha rasmiy malumotlar yo'q.


Qizlarimiz yangi mavsumni qaerda boshlaydilar?

Birinchi raketkamiz Sabina SHaripova mavsumni Avstraliya ochiq chempionatining saralashidan boshlaydi. Saralash bahslar musobaqa boshlanishidan bir hafta oldin start oladi. Sabinaga mazkur o'yinlarda omad tilab qolamiz.



Nigina Abduraimova - sobiq birinchi raketkamiz uchun o'tgan mavsum kutilganidek omadli kelmadi va mavsumning ko'p qismini o'yin amaliyotisiz o'tkazdi. Nigina yangi mavsumni Aqshda Florida shtatida 8 yanvar kuni start oladigan (25 000$) ITF musobaqasida boshlash niyatida. 15 yanvar kuni boshlanishi kutilayotgan yana bir ITF musobaqasida (u ham Florida shtati Orlando shahri, 25 000$) Niginaga yana bir tajribali sportchimiz Oqgul Omonmurodova hamrohlik qilishi kutilmoqda. Oqgul Omonmurodova shuningdek, Turkiya va Misr mamlakatlarida bo'lib o'tadigan ITF (15 000$) musobaqalarida ishtirok etish uchun ham buyurtma bergan. Sportchimiz ular orasidan o'ziga maqul kelganini tanlash huquqiga ega. Buni musobaqa boshlanishiga ikki-uch kun qolganida malum qilishi mumkin bo'ladi.

Maqolamizda o'smir tennischimiz haqida ham eslab o'tishga qaror qildik. Sergey Fomin (2001-yilda tug'ilgan tennischimiz) o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tadigan Avstraliya ochiq chempionatida ishtirok etishga buyurtma bergan (o'smirlar reytingida u 140-o'rinda bormoqda). Musobaqa 20-27 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. Biz barcha tennischilarimizga yangi mavsumda ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Fursatdan foydalanib, butun O'zbekiston ahlini, Olamsport.com sayti hodimlari va muxlislarini kirib kelayotgan yangi 2018 yil bilan chin dildan muborakbod etib qolamiz. Oilangizga sihat-salomatlik, ishlaringizga omad tilaymiz. Ilohim, vatanimizning tinchligiga ko'z tegmasin!


Husniddin Mirzaliev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing