20 jan 21:45
Yangiliklar
2022 yilda sambochilar reytingi qanday aniqlanadi?
Unga ko'ra, sportchilar reytingi beshta musobaqaga asosan belgilanadi:
1. Jahon chempionati
2. Jahon superkubogi
3. Jahon kubogi
4. Qitaviy chempionatlar
5. Qitaviy (ochiq) kuboklar
Jahon chempionati, qitaviy chempionatlar va jahon superkubogiga har bir mamlakatdan bitta vaznda bir nafar sportchi ishtirok etishi mumkin. Jahon kubogida esa ikki nafardan sambochiga ruxsat etiladi. Qitaviy kuboklarda esa 4 nafargacha sportchi bir mamlakat nomidan ishtirok etishi mumkin.
Ochkolar hisoblash yil davomida olib boriladi. Reytingda kuchli uchlikka bo'lgan sportchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining qura tashlash jarayoni ham reytingdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Fikrlar